O'zbekiston Respublikasi "Karrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonun va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5729-son farmoni talablarini hamda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni mazmun mohiyatini tushuntrishga qaratilgan profilaktik yig'lish bo'lib o'tdi.
Yighlishni Bosh boshqarma boshligh J.Qilichev kirish so‘zi bilan ochib, yighlish qatnashchilarini kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib so‘zni Boshqarma boshyuriskonsulti B.Shukurovga berdi.
Shundan so‘ng B.Shukurov kun tartibidagi masalalar yuzasidan, o‘z maruzasida hozirgi zamon milliy va xalqaro huquqida tobora ko‘p qo‘llanilayotgan atamalardan biri bu korrupsiya ekanligi, korrupsiya albatta bugun pay do bo‘lgan illat emasligini, xususan, Korrupsiyaning kelib chiqishi tarixi va rivojlanishi masalalarini Nikkolo Makiavelli “Korrupsiyani ham yo‘talga o‘xshab oldin aniqlash qiyin, ammo davolash oson, lekin bu kasalni o‘tkazib yuborsangiz uni aniqlash oson, ammo davolash qiyin” deb takidlaganini aytib o‘tdi.
Shuningdek, u o‘z maruzasida “Korrupsiya” tushunchasi lotin tilidagi “corruptio” so‘zidan olinganligini mazmuni “buzish, sotib olish” ma’nosini berishi va uning grammatik bir ildizli ma’nosi, yana “korroziya” so‘zi ya’ni, “chirish” yoki “zanglash” degan mazmunni ham berishi, shundan kelib chiqib, bu so‘zni ijtimoiy kohinishi hokimiyatni buzish, chiritish orqali sotib olish” degan ma’noni anglatishini yighlish ishtirokchilariga tushuntirdi.
Shuqatori Xalqaro huquqning ayrim manbalarida xususan, “Korrupsiya”ga - рога olish (o‘ziga og‘dirish), davlat yoki xususiy sohada muayyan vakolatga ega bo‘lgan shaxs, mansabdor shaxsning yoki xususiy sohada faoliyat yuritadigan shaxs yoki mustaqil agentning o‘z mansab vazifasidan yoki shunga o‘xshash munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarini buzadigan, shuningdek o‘zi yoxud o‘zga shaxslar manfaati uchun har qanday shakldagi afzalliklarga ega bo‘lish maqsadida ifodalangan xatti-harakat” sifatida tarif berilganligini bildirdi. jahon miqyosida quyidagi kormpsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro-huquqiy hujjatlami BMTning “Kormpsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi”, Yevropa Ittifoqining “Korrupsiya uchun jinoiy javobgorlik to‘g‘risidagi Konvensiyasi, Yevropa Ittifoqining “Korrupsiya uchun fiiqaroviy javobgarlik to‘g‘risida”gi Konvensiyasi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida “Korrupsiyaga qarshi siyosatning qonunchilik asoslari to‘g‘risida”gi model qonuni, haqida hamda korrupsiyani vujudga keltimvchi shart-sharoitlar sifatida - o‘tish davridagi qiyinchilik, - ijro etish tizimining yomonlashuvi, - huquqiy nigilizm, - jamiyatda insonlaming huquqiy madaniyati, - iqtisodiy aspektlami yighlganlarga tushuntirib o‘tdi.
Dunyodagi mamlakatlarda kormpsiyaning mamlakat boshqamvi, iqtisodiyoti va boshqa sohalariga ta’sirini “Transparansy Intemaitional” - “Transperensi intemeshnl” xalqaro nodavlat-notijorat tashkiloti tadqiqotlariga asosan baholab kelinishi, Kormpsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida qonun dastlab 1906 yil 4 avgustda Buyuk Britaniyada, 1947 yilda Pokistonda, 1960 yilda Singapurda, 1970 yilda AQShda, 2000 yilda Ozarbayjon Respublikasida hamda 2015 yilda Belarus va Qozoghston Respublikalarida qabul qilinganligini, O'zbekistonda esa “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunini 2017 yilning 3 yanvar kuni qabul qilinganlini, ushbu Qonun 6 bob, 34 moddadan iborat ekanligini takidladi,
Xususan, Qonunning 3-moddasiga ko‘ra, korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslaming manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish ekanligini takidladi.
Qonunning 7-moddasiga ko‘ra, kormpsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshimvchi davlat organlari O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlami legallashtirishga qarshi kurashish departamenti ekanligini va ulaming bu sohadagi vazifa va funksiyalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Qonunchilik tahlili korrupsiya bilan bog‘liq qilmishlarga qarshi kurashish faoliyatining huquqiy asoslari ko‘proq O'zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksida o‘z ifodasini topganligini, xususan Jinoyat kodeksining “Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar”ni nazarda tutuvchi moddalari sifatida O'zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish (167-modda), Soxta tadbirkorlik (179-modda), Soxta bankrotlik (180-modda), Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish (182-modda), Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlami to‘lashdan bo‘yin tovlash (184-modda), Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish (205-modda), Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (206-modda), Mansab soxtakorligi (209-modda), Рога olish (210-modda), Рога berish (211-modda), Рога olish-berishda vositachilik qilish (212-modda), Tovlamachilik yo‘li bilan haq - berishni talab qilish (214-modda), Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlami legallashtirish (243-modda), Kontrabanda (246-modda) va boshqa moddalari hamda ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatlaming oqibatlari haqida to‘xtaldi.
Yighlish davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5729-son farmoni talablarini haqida ham ma’lumotlar berildi. Yighlish ishtirokchilari tomonidan xulosa sifatida, korrupsiya murrakab ijtimoiy hodisa bo‘lib, unga qarshi kurashish uchun alohida choralami qo‘llash samarali hisoblanmasligi, ushbu faoliyat kompleks-majmuaviy tarzda amalga oshirilishi lozimligi, bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining maqsadi va ob’ekti sifatida alohida olingan korrupsioner emas, balki ushbu xatti-harakatlami amalga oshirishga sharoit yaratib beruvchi holatlarini bartaraf qilish va profilaktik oldini olish choralari ko‘rish lozimligini takidlandi.

uz
en
ru


