Sayt Test Rejimida ishlamoqda

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan mahallabay va fuqarobay ish uslublari ayni damda aholi murojaatlari va jamiyatdagi koʻplab muammolarni bartaraf etishda jamiyatimizdagi barcha sohalar uchun eng samarali yoʻl ekanligi oʻz isbotini koʻrsatmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 2 oktyabrdagi "Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida"gi OʻRQ-117- sonli Qonunining mazmun-mohiyatini hamda Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 11-sentyabrdagi "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi OʻRQ-445-sonli Qonuning mazmun mohiyatini tushuntirish boʻyicha Surxondaryo viloyati avtomobil yoʻllari Bosh boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Termiz shahri "Surxon sohili" Mahalla fuqarolariga yigʻilish oʻtqazildi va ularga tushunchalar va qiziqqan savollariga javob berildi.